Germaniyaning yangi hukumati qachon tuzilishi maʼlum qilindi
Foto: Reuters
Bundestag saylovlarida Angela Merkelning xristian koalitsiyasini magʻlub etib, gʻalaba qozongan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi hafta oxirigacha “Yashillar” va Erkin demokratik partiyasi bilan uch tomonlama hukumat tuzishni rejalashtirmoqda.
Sotsial-demokratik partiyasi parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Rolf Myutzenix uch tomonlama koalitsiyaning boʻlajak sheriklari bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. “Yashillar” va Erkin demokratik partiyani dastlabki muzokaralarga eʼtibor qaratishga chaqirdi.
Germaniya kanslerligiga asosiy nomzod Olaf Shtols uch partiya koalitsiya tuzishiga umid bildirdi. Shu tariqa soʻnggi yillarda Angela Merkelning Xristian-demokratik ittifoqi va Xristian sotsial ittifoqi (XDI/XSI) bloki mamlakat hukumatida vakillik qilmaydi.
26-sentyabr kuni Bundestagga boʻlib oʻtgan saylovlarda Angela Merkel partiyasi 24,1 foiz ovoz toʻplab, oʻz tarixidagi eng yomon natijani koʻrsatdi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi 25,7, “Ittifoq-90 / Yashillar” 14,8, Erkin demokratik partiyasi 11,5, “Germaniya uchun muqobil” oʻng qanotli populisti — 10,3 ovozni qoʻlga kiritdi.
Saylovdan keyin Germaniya aholisining aksariyati XDI/XSI bloki yetakchisi Armin Lashetning isteʼfosini talab qilib chiqishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring