Germaniyada “COVID-19”ga qarshi emlanganlar soni emlanmaganlardan oshib ketdi

15:37 12 Iyul 2021 Dunyo
932 0

Foto:TASS

Germaniyada koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar emlanmaganlar sonidan oshdi. Bu haqda “N-tv” xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, mamlakatda 35,4 million kishi yoki jami aholining 42,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning ikki dozasini olib boʻlgan.

Germaniya sogʻliqni saqlash vaziri Yens Shpanning maʼlum qilishicha, ayni paytda nemislarning 41,5 foizi vaksina olmagan.

Manbaga koʻra, hozirga qadar Germaniyada 48,6 million kishi (aholining 58,5%) vaksinaning kamida bitta komponentini olgan. Masalan, soʻnggi bir kunda 221 720 kishi vaksina qabul qilgan.

Mamlakatda koronavirusga qarshi emlash oʻtgan yilning oxirida boshlangan edi. Bu yerda “BioNTech” va “Pfizer”, “Moderna”, “Johnson & Johnson” va “AstraZeneca” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanilyapti.

Avvalroq, Islandiya koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun oʻtgan yilning mart oyida joriy qilingan barcha ichki cheklovlarni bekor qilgan edi. Chunki mamlakatda yoshi katta aholining 87 foizi “COVID-19”ga qarshi vaksinasining birinchi dozasini olib boʻlgan. Aholining taxminan 60 foizi esa toʻliq emlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер