Germaniya janubida poyezd halokatga uchradi. Qurbonlar bor

20:04 03 Iyun 2022 Dunyo
500 0

Foto: NetworkPictures

Germaniya janubida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida uch kishi halok boʻlgan. Bu haqda mahalliy “Bild” nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Garmish-Partenkirxendan Myunxen yoʻnalishida ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketgan. Oqibatda bir necha vagon agʻdarilib ketgan. Kamida uch kishi halok boʻlgan, ogʻir tan jarohati olgan yoʻlovchilar ham bor.

Ushbu favqulodda hodisa sabab Garmish-Partenkirxen va Oberau oʻrtasidagi temir yoʻl yopib qoʻyilgan. Hodisaga nima sabab boʻlgani va poyezdda qancha yoʻlovchi boʻlgani hozircha nomaʼlum.

Avvalroq Hindiston sharqidagi Gʻarbiy Bengaliya shtatida yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan edi. Natijada oʻnlab odamlar agʻdarilib ketgan vagonlar ichida qolib ketgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер