Germaniya terma jamoasi Ganadan ustun keldi

11:02 31 Mart 2026 Sport
259 0

Kecha, 30-mart kuni FIFA kunlaridan unumli foydalanayotgan terma jamoalar oʻrtoqlik oʻyinlarini davom ettirishdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Germaniya terma jamoasi Shtutgart shahrida Gana termasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida Yurgen Nagelsmann shogirdlarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 45+3 daqiqada Kay Havers tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 70-daqiqasida Issaxaku Fatavu hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada esa Deniz Undav nemislarga gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa oʻyin Germaniya terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Maʼlumot uchun, Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichida Kyurasao, Kot-dʼIvuar va Ekvador terma jamoalari bilan bitta guruhdan oʻrin olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер