Germaniya Qozogʻistonga mudofaa mahsulotlari sotishni toʻxtatdi — OAV
Foto: dw.com
Germaniya hukumati Qozogʻistonga mudofaa mahsulotlari sotishni vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Bu haqda DPA agentligi Germaniya Vazirlar Mahkamasidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Germaniya rasmiylari Qozogʻistonga bunday tovarlar eksporti endi amalga oshirilmasligi uchun zarur choralarni koʻrgan va ushbu qarorning boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
2021-yilda Germaniya Qozogʻiston bilan mudofaa mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha umumiy qiymati 2,2 million yevroni tashkil etadigan 25 ta shartnoma imzolagan edi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Qozogʻistonga imkoni boricha inqirozdan chiqishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi Qozogʻistondan inson huquqlari va xavfsizligini taʼminlash kafolatini kutmoqda.
Qozogʻistonda 2-yanvar, yakshanba kuni avtomobillar uchun gaz narxi litri uchun 60 tangadan 120 tengega oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan siyosatni tark etishni talab qilishdi.
4-yanvar kuni namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham tartibsizliklar boʻlib oʻtdi. Keyinroq Toqayev hukumat isteʼfosini qabul qildi.
5-yanvar kuni Aqtoʻbeda olomon politsiya oʻrasini yorib oʻtib, Akimat (hokimiyat) binosiga bostirib kirdi. Chimkent va Tarazda ham maʼmuriy binolarga hujumlar uyushtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring