Geografik obyektlarga nom berishda fuqarolar tashabbusi inobatga olinadi

12:40 12 May 2022 Jamiyat
550 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tomonidan “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Parlament quyi palatasi deputatlari, tegishli soha vakillari, vazirlik va idoralar masʼul xodimlari, ekspert va olimlar ishtirok etgan yigʻilishda qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilindi, uni yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar, shu jumladan jamoat va davlat arboblarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomini geografik obyektlarga berish tartibi qonunchilikda aniq tartibga solinmagan. Bu esa amaliyotda geografik obyektlarga shaxs nomini berishda turli muammolar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Ushbu qonun loyihasi koʻchalar, shohkoʻchalar, mahallalar, maydonlar, bogʻlarga va aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga ayrim odamlar, jamoat arboblari, siyosiy arboblar ismi-sharifini berishni tartibga solishga xizmat qiladi.

Yigʻilishda soʻz olganlar qonun ustuvor boʻlgan yurt ravnaq topishini aytib, qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib oʻtishdi. Deputatlar tomonidan koʻtarilgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar olindi.

Ayni paytda qoʻmitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер