“Gentra” avtomashinasi kanalga tushib ketdi
Joriy yilning 22-iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Zang” kanaliga “Gentra” rusumli avtomashinasi tushib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomashinani kanaldan chiqarib olgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring