General Motors “Spark” ishlab chiqarishni toʻxtatadi

16:55 07 Fevral 2022 Iqtisodiyot
1335 0

Foto: Arxiv surat

2022-yilda General Motors “Spark” avtomobillarini ishlab chiqarishni toʻxtatadi. Bu haqda Motor Media Review xabar berdi.

Modelning konveyerdan olib tashlanishining rasmiy sababi oshkor etilmagan. Mutaxassislarning fikricha, “Spark” zamonaviy davr uchun ahamiyatsiz. Savdolarning pasayishi ham rol oʻynadi: 2021-yilda sotuvlar 25% ga kamaydi.

“Spark” ishlab chiqarish 2022-yil avgustigacha davom etadi, shundan soʻng u modellar qatoridan “bosqichma-bosqich” chiqishni boshlaydi. Jarayon tugagandan soʻng, GM konsernining eng hamyonbop avtomobili Chevrolet Trax krossoveri boʻladi, u chiqadigan “Spark” oʻrnini egallaydi.

Shu bilan birga, UzAuto matbuot xizmati GMning avtomobilni bozordan olib qoʻyish qaroriga hozircha izoh bermadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер