Gʻazo sektorida BMTning 100 nafardan ortiq xodimi halok boʻlgani maʼlum qilindi

22:48 21 Noyabr 2023 Dunyo
383 0

Foto: Reuters

Gʻazo sektorida Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi (UNRWA)ning bir yuz sakkiz xodimi halok boʻlgan. Bu haqda UNRWA Bosh komissari Filipp Lazarini maʼlum qildi.

“UNRWAning 108 nafar xodimi oʻldirilgani tasdiqlandi. Men Bosh komissar sifatida oʻz xodimlarim uchun xotira xizmatlarini oldindan rejalashtirishimga hech qachon ishonmagan edim. Bu davom etmasligi kerak”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmogʻidagi (sobiq Tvitter) sahifasida.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan birga keskin yomonlashdi.

HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Isroil tomonida 1,4 mingdan ortiq odam mojaro qurboni boʻlgan, 5,2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari natijasida, anklav Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 7 mingdan ortiq falastinlik halok boʻlgan va qariyb 18,5 ming kishi yaralangan.

Oldinroq, Filipp Lazarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi Gʻazo sektoridagi gumanitar operatsiyasi energiya resurslari yetishmasligi sababli toʻxtatilayotganini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер