Gʻaznachilik xizmati qo‘mitasi raisi tayinlandi
Murod Bekberganovich Atadjanov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Murod Atadjanov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Jamshid Qo‘chqarov Sherzod Kudbiyev o‘rniga vazir lavozimiga tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring