Gazetani varaqlang va oʻzingiz baho bering

17:44 25 Noyabr 2024 Jamiyat
353 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyatini rivojlantirish, soʻz va axborot erkinligini taʼminlash borasidagi islohotlar samarasi Surxondaryo viloyatida ham boʻy koʻrsatmoqda. Eng muhimi, bugun xorij texnologiyalari asosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarni varaqlasangiz, bahri dilingiz ochiladi.

Ayni paytda vohada 37 ta gazeta va jurnal, ikkita televideniye, bitta radioeshittirish va qator matbaa korxonalari faoliyat koʻrsatyapti.

— Prezidentimizning 2020-yil 16-martda “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan mamlakatimizda noshirlik va matbaa sohasi oyoqqa turdi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. — deydi “Surxon-nashr” nashriyoti rahbari Juma Shaymatov. — Faoliyatimizni 2005-yilda 1 dona kompyuter jamlanmasi va chop etuvchi kichik dastgoh bilan boshlagan edik. Uzoq yillar ijarama-ijara yurdik, binomiz ham yoʻq edi. Hozirda zamonaviy binoga egamiz. Yaponiya, Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan eng soʻnggi turdagi 30 ga yaqin uskunalarimiz bor. Xitoy, Hindiston va Erondagi mashhur kompaniyalar mutaxassislari bilan oʻzaro tajriba almashib, faoliyatimizni yildan-yilga kengaytirib borayapmiz.

Shuningdek, “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyati bosmaxonasida ham ish jarayoni juda qizgʻin. Bu yerda gazeta va jurnallar Hindiston va Xitoydan keltirilgan eng soʻnggi rusumdagi texnologiyalarda tez va sifatli chop etilmoqda.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan press-turda jurnalistlar viloyatdagi bosmaxona va nashriyotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер