Gaz zapravkalarda siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda — Energetika vazirligi
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari ishini sifatli tashkil etish, ularda avtotransportga xizmat koʻrsatilishini yaxshilash maqsadida siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda 1070 dan ziyod avtomobilga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyat yuritmoqda. Ularning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash uchun yetkazib berilayotgan gazning zarur hajmini aniq hisob-kitob qilish va ular har kuni avtotransportga quyilayotgan gazga oid maʼlumotlarning shaffofligiga asoslangan boʻlishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring