Gʻamxoʻrlikning oliy namunasi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Uchquduqlik Artyom Shipitsin 2003-yilda tavallud topgan. Ota-onasi ajralib ketgach, onasi bilan qoldi. Koʻp oʻtmay, volidasi ham vafot etdi. U Tomdi tumanidagi bolalar shaharchasida voyaga yetdi. Maktabda oʻqib, hunar oʻrgandi. Unga har doim davlatimiz tomonidan mehr-muruvvat koʻrsatilib kelindi. Uchquduq tumanida uy-joyga muhtoj kishi sifatida roʻyxatga olindi.
Yaqinda Artyomga Uchquduq shahrining “Doʻstlik” MFYdagi koʻpqavatli uydan alohida xonadonning kaliti topshirildi.
— Davlatimiz gʻamxoʻrligini doim his qilganman. Hech kimdan kam boʻlmay oʻqidim, hunar egalladim, — deydi Artyom Shipitsin. — Endi bilimim va halol mehnatim bilan Vatanga xizmat qilaman. Bitta orzum oʻz uyim boʻlishi edi. Mana, endi oldimga qoʻygan niyatlarimga erishish uchun yoʻl ochildi.
Artyomga topshirilgan uyda barcha maishiy va oshxona sharoitlari yaratilgan. Albatta, oʻz boshpanasiga ega insonning baxti ham toʻkis boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring