Gʻalladan boʻshagan yer maydonlari aholiga beriladi
Joriy yildan eʼtiboran gʻalladan boʻshaydigan yerlarning 800 ming gektari ishsiz aholiga bozorbop takroriy ekin ekish uchun beriladi.
Bu haqda Prezidentimiz raisligida oʻtayotgan yigʻilishda taʼkidlanganidek, bunda ishsiz aholi va yoshlarga yerni ijaraga bergan klaster hamda fermerlar ushbu yer maydoni uchun soliqdan ozod qilinadi.
Shu orqali qariyb 1,5 million aholini mavsumiy ish bilan taʼminlab, daromadli qilish mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring