Gʻalla mavsumi uchun 4 mln. tonnadan ortiq don saqlash sigʻimiga ega korxonalar roʻyxati shakllantirildi

06:21 21 May 2022 Jamiyat
837 0

Foto: Illustrativ foto

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi.

Inspeksiya tomonidan “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosi boʻyicha respublika hududlardagi bugʻdoyni saqlashga mos- yopiq sigʻimlarga ega don qabul qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlari belgilangan talablar asosida oʻrganildi.

Oʻrganish natijasiga koʻra, 4 mln. tonnadan ortiq don saqlash sigʻimiga ega korxonalar roʻyxati shakllantirildi. Tegishli tashkilot va idoralarga sohada huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan 28 mingdan ziyod ogohlantiruvlar va 1 793 ta taqdimnomalar kiritildi. Yana 847 ta holatda materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер