G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi koronavirus sababli videokonferensiya orqali oʻtkaziladi
Fotо: iz.ru
AQSH Davlat departamentining bergan maʼlumotlariga koʻra, shu oy oxirida Pittsburgda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi videokonferensiya orqali oʻtkaziladi.
Bu koronavirus tahdidi tobora kuchayib borayotgan hozirgi paytda ehtiyot chorasi sifatida joriy qilindi.
“Qoʻshma Shtatlar ehtiyotkorlik tufayli 24-25-mart kunlari Pittsburgda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan G7 davlatlari vazirlarining yigʻilishini videokonferensiya koʻrinishida oʻtkazishga qaror qildi”, dedi Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus oʻz “Tvitter”ida.
Eslatib oʻtamiz, G7 Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiyani oʻz ichiga oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring