FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

12:37 03 Mart 2026 Jamiyat
410 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimiga pora taklif qilgan tadbirkor qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor oʻzi rahbarlik qiladigan MCHJ tomonidan Yakkasaroy tumanida barpo etilgan, lekin, bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qilinishi boʻyicha “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etadigan arizasini ijobiy hal qilib berishi evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif etgan.

Oʻz navbatida, boshqarma xodimi holat boʻyicha masʼullarni xabardor qilgan. Shundan soʻng, DXX va FVV SHXB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilib, MCHJ rahbari poytaxt FVBB xodimiga ushbu pul mablagʻini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер