FVV Botanika bogʻida yuz bergan yongʻin boʻyicha maʼlumot berdi

16:41 16 May 2021 Jamiyat
1303 0

16-may kuni soat 11.55da Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bogʻining orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yongʻin sodir boʻlgan, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

“Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida yongʻin oʻz vaqtida oʻrab olinib, bogʻ hududiga oʻtishining oldi olindi”, deyiladi xabarda.

Yongʻindan jabrlanganlar yoʻq. Bogʻning oʻrmon fondiga zarar yetmagan.

Yongʻin sababi tekshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер