Futbol boʻyicha Ispaniya chempionati ham koronavirus tufayli toʻxtatilishi mumkin

15:04 11 Mart 2020 Sport
1100 0

Ispaniya professional futbolchilar assotsiatsiyasi mamlakat chempionatini toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda UzReport.uz xabar berdi.
Avvalroq, koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida barcha oʻyinlar muxlislarsiz oʻtkazilishi boʻyicha qaror qabul qilingandi.

Kasaba uyushmasi barcha oʻyinlarni qoldirishni soʻramoqda.

“Biz vaziyatdan kelib chiqib futbolchilarning sogʻligʻidan xavotirga tushgan holda shunday talab qoʻyyapmiz“, — deyiladi kasaba uyushmasi bayonotida.

Chempionatni toʻxtatish boʻyicha talabnoma Ispaniya futbol federatsiyasiga yuborilgan.

Avvalroq, koronavirus tufayli Italiya A seriyasi oʻyinlari nomaʼlum muddatga toʻxtatilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер