Furqat tumanida “Ustozlar bogʻi” barpo etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Furqat tumanidagi 91 ta taʼlim muassasalari rahbarlari tashabbusi bilan 17–umumtaʼlim maktabida “Ustozlar bogʻi” barpo etildi.

Koʻchat ekish tadbirida tuman faollari va keng jamoatchilik vakillari, oʻqituvchilar qatnashib, taʼlim maskanlarini koʻkalamzorlashtirish, koʻchat ekish, yashil hududlar barpo etish ishlarini yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro kelishib olishdi.

— Bugun “Ustozlar bogʻi”ga yaxshi niyat bilan 250 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi, — deydi Furqat tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Muhammadjon Ortiqov. — Shuningdek, tadbir doirasida tumandagi 79 ta taʼlim muassasalarida yashil maskan tashkil etish maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 2300 tup manzarali daraxt koʻchatlari tarqatildi. Shu tariqa taʼlim dargohlari yashil hududlarida endilikda 600 tup yapon saforasi, 700 tup zarang, 460 tup akatsiya, 100 tup chinor, 180 tup sosna, 50 tup mojjevelnik, 100 tup naʼmatak, 110 tup katalpa koʻchatlari hamda meva daraxtlar barq urib koʻkka boʻy choʻzadi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring