Furqat haqida “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi suratga olinmoqda
Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan yetuk oʻzbek adibi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboyev, operator Ravshan Musayev, rassom Sanjar Aminov, kompozitor Abulqosim Muinzoda, kartina direktori Shuhrat Baltabayev.
Filmda Shafoat Rahmatullayeva, Rasulxon Qodirxonov, Muhammadsoli Yusupov, Gleb Gollender, Mirkamol Qoraboyev, Yulduz Payziyeva, Bobur Aytmagambetov kabi aktyorlar rollar ijro etmoqda.
Hozirda suratga olish ishlari Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi Hamza Hakimzoda Niyoziy uy-muzeyida, Muqimiy madrasasida, Qoʻqon Jome masjidida, “Barkamol” bolalar maktabida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat universiteti huzuridagi Qoʻqon Neft va gaz sanoati texnikumida boʻlib oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring