Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlanadi

14:49 10 Oktyabr 2022 Jamiyat
653 0

Foto: Arxiv surat

Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran 2 oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda Markaziy bankning majburiy zaxiralari fondiga depozitga qoʻyilgan debitorlik qarzlari va mablagʻlarini olish choralarini koʻradi.

Mazkur mablagʻlar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi.

Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab 3 kun ichida fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash tartibi va muddatlarini eʼlon qiladi.

Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida boshlashi shart. Haq toʻlash Markaziy bankning roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер