Fuqarolar qariyb 88 mlrd so'mlik maʼmuriy jazodan ozod etildi – Kadastr agentligi
Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yil 1-yarmida 31 134 holatda huquqbuzarliklar aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasini qaytarilishini taʼminlagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan 10 199 nafar shaxs jami 88 mlrd 434 mln soʻm maʼmuriy jarimalardan ozod etildi.
Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan 17 259 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.
Jumladan:
5 783 nafar shaxs koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazmaganligi uchun;
3 959 nafar shaxs yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganligi uchun;
6 335 nafar shaxs oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
“Yer resurslarini talon-taroj qilgan va sugʻoriladigan yerlarni qurilish qilgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan 1 046 nafar shaxsga nisbatan toʻplangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi. Natijada 418 ta holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring