Fuqaroga amaliy yordam koʻrsatildi
Shu yil 4-iyul kuni soat 13:15 larda “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasining navbatchi dispetcherlik xizmatiga togʻda odam qolib ketgani haqida maʼlumot kelib tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan.
Maʼlum boʻlishicha, Andijon viloyatidan kelgan 3 nafar fuqaro dam olish maqsadida “Qamchiq” dovonining “Ertosh” qishlogʻiga borib baland toqqa chiqishgan va natijada 1 nafar fuqaro baland togʻdan tusholmay qolib ketgan.
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib tushilib, amaliy yordam koʻrsatildi.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring