Fuqaro 440 million soʻmlik tabiiy gazni rezina shlang yordamida oʻgʻirladi (+video)
Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda, deb xabar berdi “Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy kanali.
Toshkent shahar Sergeli tumanida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali hamda boshqa nazorat tuzilmalari hamda xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Sergeli tumani Samo koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz xonadonida issiqxona tashkil qilgan holda tabiiy gaz tarmogʻiga rezina shlang orqali ulangan holda noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.
“Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 440 million 967 ming soʻmlik zarar aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur qonunbuzilish holati boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring