Fumio Kisida rasman Yaponiya bosh vaziri lavozimiga qachon qayta saylanishi maʼlum boʻldi

23:34 01 Noyabr 2021 Dunyo
1522 0

Foto: AP

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) va uning koalitsiyadagi hamkori «Komeyto» partiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyat quyi palatasiga saylovlar yakunlanishi munosabati bilan 10-noyabr kuni mamlakat parlamenti sessiyasini chaqirishni moʻljallamoqda. Bu haqda "Kyodo" agentligi oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, hukmron koalitsiya vakillari shu orqali Yaponiyada yangi koronavirus tarqalishiga qarshi strategiya, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash choralarini muhokama qilishni boshlash niyatida. 

Bundan tashqari, sessiya davomida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida rasman hukumat rahbari lavozimiga qayta saylanadi.

Sessiyani chaqirish parlamentning har ikki palatasi rahbariyati tomonidan fraksiyalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. LDP va «Komeyto»ning hukmron koalitsiya aʼzolari sifatidagi ushbu masala boʻyicha pozitsiyasi hal qiluvchi.

Saylovlar natijasiga koʻra, LDP 465 oʻrindan 261 tasini qoʻlga kiritdi. «Komeyto» 32 ta mandatga ega boʻldi. Oʻz navbatida, asosiy muxolifatdagi Konstitutsiyaviy-demokratik partiya (KDP) quyi palatadagi 13 oʻrinni yoʻqotib, 96 mandatga ega boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер