Fransiyada “Turkiy tilli davlatlar dunyosi” festivali boʻlib oʻtdi

12:49 25 Aprel 2024 Jamiyat
768 0

Fransiya Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy institutida (INALCO) “Turkiy tilli talabalar” assotsiatsiyasi tomonidan “Turkiy tilli davlatlar dunyosi” festivali tashkil etildi.

Xalqimiz urf-odatlari, madaniyati va qadriyatlarini Yevropa jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekiston stendi tashkil etildi. Tadbirda, shuningdek, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiya davlatlari vakillari oʻzlarining milliy anʼanalarini taqdim etishdi.

Ishtirokchilar yurtimiz tarixi, madaniyati va turistik salohiyati haqidagi muhim maʼlumotlar bilan tanishdilar. Ularga mamlakatimizda kechayotgan muhim islohotlar toʻgʻrisida soʻzlab berildi. Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar tashkilotidagi oʻrni va davlatimiz rahbari tomonidan tashkilot doirasida ilgari surayotgan muhim tashabbuslarning mazmun-mohiyati alohida taʼkidlandi.

Festival davomida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi 50 jilddan iborat kitob-albomlarning taqdimoti oʻtkazildi.

Mazkur kitob-albomdan oʻrin olgan Oʻzbekiston tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlariga oid maʼlumotlar taqdimot ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер