Fransiyada suv toshqinlari yigirma kishini hayotdan olib ketdi

17:16 03 Oktyabr 2020 Dunyo
1094 0

Fransiyada surunkali yomgʻirlar va kuchli shamol suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligining fuqaro muhofazasi masalalari boʻyicha direktori Jeremi Krunshanning maʼlum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida 20 kishi hayotdan koʻz yumgan, kamida sakkiz kishi bedarak yoʻqolgan. 

Noqulay ob-havo sharoitidan, ayniqsa, mamlakatning shimoli-gʻarbidagi Bretan hamda janubi-sharqidagi Alp qirgʻoqboʻylari hududlari jiddiy zarar koʻrgan. Joylarda qutqaruvchilar ish olib boryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер