Fransiyada smartfon yordamida koronavirusni aniqlovchi qurilma yaratildi

15:25 09 Fevral 2021 Dunyo
698 0

Fransuz olimlari smartfon orqali inson organizmida koronavirus borligini aniqlashga qodir boʻlgan qurilmani yaratdi. Bu haqda BFM telekanali xabar bermoqda.

Ushbu qurilma Lill universiteti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Izohlanishicha, qurilma oʻzining tashqi koʻrinishi bilan oddiy flesh-diskka oʻxshaydi. Uning datchigi koronavirusni oʻrab turgan oqsillarni sezadi.

Jihozni ishlatish uchun mobil moslamaga ulash lozim. Shundan soʻng, burundan olingan suyuqlik sinov chizigʻiga qoʻyiladi.

Olimlarning taʼkidlashicha, natija 10 daqiqada tayyor boʻladi. Qurilma telefon ekranida tahlil maʼlumotlarini namoyish etadi. Ishlab chiquvchilarning fikriga koʻra, qurilma 90 foiz holatlarda virusni aniqlay oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер