Fransiyada ikkinchi tur saylovlari boʻlib oʻtadi
Foto: Спутник
Fransiyada Prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda. Saylov byulletenlarining 95 % foizi sanab boʻlindi. Dastlabki natijalarga koʻra Emmanuel Makron 27,24 foiz ovoz toʻplagan.
Undan keyingi oʻrinda “Milliy ralli” oʻng partiyasidan nomzod Marin Le Pen 24,03 foiz ovoz toʻplagani maʼlum boʻldi.
Uchinchi oʻrinni “Zabt etilmagan Fransiya” muxolifatchi partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon (21,57 foiz) egallagan boʻlsa, toʻrtinchi oʻrinni «Rekonkista» partiyasining yetakchisi Erik Zemmur band etgan (6,97 foiz). Beshinchi pogʻona Il-de-Frans tumani rahbari, “Respublikachilar” konservativ partiyasidan nomzod Valeri Pekressga nasib etdi (4,76 foiz).
Ovoz berishda saylovchilarning 65 foizga yaqini ishtirok etgan. Ikkinchi tur saylov 24-aprelda boʻlib oʻtadi. Ekzit-pollarga koʻra Le Pen amaldagi prezident Makronning asosiy raqibligicha qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring