Fransiyada ham minglab qorakoʻzanlar yoʻq qilinishi mumkin

19:38 23 Noyabr 2020 Dunyo
1446 0

Foto: REUTERS

Fransiyadagi qorakoʻzan fermasida ham koronavirus oʻchogʻi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, hukumat qaroriga binoan epidemiya oʻchogʻini yoʻq qilish, shuningdek, xavf darajasini minimallashtirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻriladi.

“Barcha minglab hayvonlar va ular asosida yaratilgan mahsulotlar yoʻq qilinadi”, deyiladi xabarda.

Umumiy hisobda, mamlakatda toʻrtta qorakoʻzan naslchilik fermalari mavjud boʻlib, mutaxassislar ularning barchasini tekshirishgan va hozirga qadar virus faqat bittasida aniqlangan. Yana ikkitasida esa tahlillar oʻtkazilmoqda. Natijalar bir hafta ichida tayyor boʻladi.

Daniyada koronavirusning mutatsiyaga uchragan turiga chalingan barcha qorakoʻzanlar yoʻq qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер