Fransiya Senati delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Joriy yilning 8-aprel kuni Fransiya Respublikasi Senatining Tashqi ishlar, mudofaa va Yevropa ishlari komissiyasi aʼzosi Valeri Boye boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Fransiya Senati delegatsiyasi birinchi “Oʻzbekiston – Fransiya” parlamentlararo forumida ishtirok etadi.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonlarni Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev kutib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring