Fotoreportaj: Samarqandda Konfutsiy xiyoboni barpo etilmoqda
Samarqand davlat universiteti hududida Xitoyning buyuk faylasufi Konfutsiy haykali va xiyoboni qurilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur xiyobonni bunyod etish Jomboy tumanidagi “Qurilish materiallari kombinati” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bu haqda viloyatdagi muxbirimiz Mamadiyor Ziyodinov ma’lum qilmoqda.
“Qurilish ishlarini shu yilning fevral oyida boshlagan edik. Bu ishlarga 30 nafardan ortiq quruvchi hamda o‘nga yaqin texnika jalb qilingan. Hozirgi kungacha 60 foiz ish bajarildi. Zamonaviy landshaft dizayndagi xiyobon qurilishi tez orada nihoyasiga yetkaziladi”, - deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Rahimjon Mo‘minov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring