Foto: Hayot va xayol uygʻunligida yaratilgan sanʼat moʻjizalari
Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab- internatida ulugʻ musavvir bobomiz Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligiga bagʻishlangan "Hayot va xayol uygʻunligi ” deb nomlangan koʻrgazma tashkil qilindi. Unda Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi aʼzolari, mazkur maktab direktori, “Shuhrat” medali sohibi Bahodir Bobonazarov, shu taʼlim maskani oʻqituvchisi Husan Toshboyev hamda ularning miniatyura sanʼati yoʻnalishida taʼlim olayotgan shogirdlarining asarlari namoyish qilinmoqda.

Tadbirda Sirdaryo viloyatida namuna qilsa arzigulik miniatyura maktabi yaratilganligi eʼtirof etildi. Ayni paytda ushbu yoʻnalishda koʻplab iqtidorli yoshlar ijod qilmoqda.Qolaversa, bu yil miniatyura boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilarning toʻqson foizi oliy oʻquv yurti talabasi boʻldi. Maktab miqyosida esa bu koʻrsatkich 70 foizni tashkil qildi.Ikki ijodkor oʻqituvchi – Odil Ahmedov va Kamola Ahmedova Badiiy Akademiya aʼzoligiga qabul qilindi.





Ahmadali SHERNAZAROV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring