Forish va Gʻallaorol tumanida 750 Megavatt quvvatga ega quyosh stansiyalari ishga tushiriladi — Shavkat Mirziyoyev
“Sanoatni rivojlantirish uchun barqaror elektr energiyasi zarur. Bu borada Forish va Gʻallaorolda Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari bilan jami 750 Megavatt quvvatga ega 700 million dollarlik quyosh stansiyalari ishga tushiriladi.
Sharof Rashidov tumanida Turkiya kompaniyasining 350 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyasi hisobiga 450 Megavattli zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi barpo etiladi.
Shuningdek, 4,5 ming kilometr elektr tarmoqlari va 1 ming 100 dan ortiq transformator yangilanadi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring