Forbes dunyodagi eng zaif valyutalar oʻntaligini maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Forbes maʼlumotlariga koʻra, oʻzbek soʻmi dunyodagi yettinchi eng zaif valyuta hisoblanadi. Nashrning keltirishicha, 1 soʻm 0,000087 dollarni (yoki 1 dollar 11 516 Oʻzbekiston soʻmiga teng) sotib olgani bilan dunyodagi yettinchi eng zaif valyuta boʻlib turibdi.
Xususan, reytingning Oʻzbekistonga oid qismida keltirilishicha, mamlakat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda, ammo past iqtisodiy oʻsish, yuqori inflyatsiya, ishsizlik va korrupsiya bilan kurashishda davom etmoqda.
Forbes maʼlumotlariga koʻra, Eron riali dunyodagi eng zaif valyuta deb topilgan.
Eng zaif valyutalar oʻnligi
1. Eron Riali (1 dollar — 42 273 Eron riali)
2. Vetnam dongi (1 dollar — 23 711 Vetnam dongi)
3. Laos kipi (1 dollar — 19 072 Laos kipi)
4. Serra-Leone leonesi (1 dollar — 17 665 leone)
5. Indoneziya rupiyasi (1 dollar — 14,993 rupiya)
6. Livan funti (1 dollar — 14,986 funt)
7. Oʻzbek soʻmi (1 dollar — 11 608,3 soʻm)
8. Gvineya franki (1 dollar — 8,583 frank)
9. Paragvay guarani (1 dollar — 7249 guaran)
10. Uganda shillingi (1 dollar — 3669 shilling)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring