“Flynas” aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga qatnovlarni amalga oshirishni boshladi
16-oktabr kuni “Flynas” aviakompaniyasi havo kemasi ilk bor Jiddadan Namangan xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Anʼanaga muvofiq havo kemasi aeroportda suv arkasi hosil qilingan holda kutib olindi. Aviakompaniyaning A 320 Neo rusumli havo kemasi ilk bor Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishida parvozni amalga oshirdi.
Aviakompaniya tomonidan Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishidagi parvozlar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring