Floridada tanasiga “Tramp” soʻzi oʻyib yozilgan yirik sut emizuvchi topildi

17:43 12 Yanvar 2021 Dunyo
1404 0

AQSHning Florida shtati suvlarida ort qismiga “Tramp” soʻzi katta harflar bilan oʻyib yozilgan lamantin(suvda yashovchi yirik sut emizuvchi hayvon) topildi, deb xabar berdi New York Post.

Jonivor Orlando hududidan 80 mil uzoqlikda(taxminan 128 km.) aniqlangan. Ekologik vahshiylik guvohlari bu haqida federal hukumatga xabar berdi.

Ayni paytda AQSH baliq resurslari va yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish xizmati ushbu holat boʻyicha tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Aybdorlarni qidirish ishlariga koʻpchilik koʻmak beryapti.

Maʼlumot uchun, lamantinlar yoʻqolib borayotgan turlardan boʻlib, himoyaga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер