Fiskal institutga oʻqishga kirish uchun nima qilish kerak?

15:58 06 Iyul 2021 Iqtisodiyot
7219 0

Joriy oʻquv yilidan yilidan DSQ huzuridagi Fiskal institutga qabul eʼlon qilingach, abituriyentlardan qator savollar kelib tushmoqda.

“Institutga kirish imtihonlari qaysi fanlardan boʻladi? Qanday taʼlim shakllari mavjud? Qabul kvotalari belgilanganmi?” shular jumlasidan.
DSQ matbuot kotibi Muzaffar Nazarov ushbu savollarga umumiy qilib quyidagicha javob berdi:

— Vazirlar Mahkamasining joriy yil 17-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 377-son qarori bilan 2020/2021 oʻquv yilidan quyidagilar tasdiqlandi:

Institut bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli uchun oʻqish davomiyligi toʻrt yil va sirtqi taʼlim shakli uchun besh yil etib belgilandi.

Institutning magistratura mutaxassisliklari kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish davomiyligi 1 yil, masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim shakli oʻqish davomiyligi 2 yil boʻladi.

Fiskal institutga 2021/2022 oʻquv yili uchun kirish test sinovlari iqtisodiy taʼlim blokidagi fanlardan boʻladi. Ular:

majburiy fanlar bloki – ona tili, matematika va Oʻzbekiston tarixi;

mutaxassislik fanlari bloki – xorijiy til va matematika.

Fiskal institutga 2021/2022 oʻquv yili uchun qabul qilish parametrlari

Qabul 4 ta taʼlim yoʻnalishi va ikkita taʼlim shakli (kunduzgi va sirtqi) boʻyicha amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:

1. Soliq va soliqqa tortish – 600 ta oʻrin, (200 ta kunduzgi, 400 ta sirtqi taʼlim shakli;

2. Buxgalteriya hisobi va audit – 300 ta oʻrin, (100 ta kunduzgi, 200 ta sirtqi taʼlim shakli);

3. Raqamli iqtisodiyot – kunduzgi taʼlim shakli uchun 50 ta oʻrin, mazkur fakultet uchun sirtqi taʼlim shakli mavjud emas;

Fiskal institutga qabul qilish jarayoni epidemiologik vaziyatga qarab mamlakatning barcha oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер