Finlyandiyada uzoq muddatga Ukrainaga qoʻshin yuborish masalasi haqida gapirildi
Foto: Reuters
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Gʻarb qoʻshinlarini uzoq muddatda Ukrainaga yuborish imkoniyatini tan oldi. Bu haqda “Politico” xabar bermoqda.
Vazir Amerika Qoʻshma Shtatlari va boshqa Gʻarb davlatlarini “agar sharoit yomonlashsa” Kiyevga qoʻshin yuborish gʻoyasiga qatʼiyan qarshi chiqmaslikka chaqirdi.
Valtonenning fikricha, uzoq muddatda bunday imkoniyatni inkor etib boʻlmaydi, chunki “vaziyat qanchalik jiddiylashishi” nomaʼlum.
“Biroq, Finlyandiyaning pozitsiyasi aniq: biz hozir hech qanday qoʻshin yubormayapmiz va buni muhokama qilishni xohlamaymiz”, dedi tashqi ishlar vaziri.
Shu yilning fevral oyi oxirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa davlatlari Ukrainaga oʻz qoʻshinlarini yuborishi mumkinligini inkor etmagandi.
Oʻz navbatida, Fransiya prezidentining bayonoti Yevropada keng qoʻllab-quvvatlanmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring