Finlyandiya bosh vaziri Rossiya bilan chegarada devor qurish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi

00:04 04 Oktyabr 2022 Dunyo
991 0

Foto: Reuters

Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin respublika chegara xizmatining Rossiya bilan chegaraning ayrim uchastkalarida devor qurish rejalarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum aytdi.

“Menimcha, bu masalada, masalan, parlamentdagi partiyalar oʻrtasida hali ham parlament konsensusi zarur. Biroq qaror qabul qilish uchun zarur shartlar mavjud”, deydi Finlyandiya bosh vaziri.

Siyosatchi, shuningdek, bu tez jarayon emasligini va chegarada toʻsiqlar qurish uchun bir necha yil kerak boʻlishini qoʻshimcha qildi.

“Yevropa urush holatida. Bundan ham keskin vaziyatni tasavvur qilish qiyin”, deydi Marin.

Avvalroq Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya bilan chegarada devor qurish niyatini tasdiqlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер