FIFA kunlari start oldi
23-mart sanasidan 2026-yilgi kalendariga koʻra mart oyidagi FIFA kunlari start oldi.
Oʻzbekiston Superligasida toʻp surayotgan legioner futbolchilardan 5 nafari oʻz milliy terma jamoalariga chaqiruv oldi.
• “Soʻgʻdiyona” jamoasi hujumchisi Lyupcho Doriyev Shimoliy Makedoniya terma jamoasidan chaqiruv oldi;
• “Neftchi” jamoasi hujumchisi Vladimir Yovovich Chernogoriya terma jamoasiga jalb etildi;
• “Soʻgʻdiyona” jamoasi himoyachisi Zoir Joʻraboyev va “Qizilqum” klubi yarim himoyachisi Alisher Shukurov Tojikiston terma jamoasiga chaqiruv olishdi;
• “Paxtakor” himoyachisi Zaid Taxsin Iroq terma jamoasiga jalb etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring