Fevral oyi uchun “Palov indeksi” eʼlon qilindi
Foto: Statistika qoʻmitasi
Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi 2026-yilning fevral oyi uchun “Palov indeksi”ni eʼlon qildi.
Unga koʻra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagicha boʻldi:
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 98 927 soʻm;
• Toshkent shahri — 118 381 soʻm;
• Andijon viloyati — 106 984 soʻm;
• Buxoro viloyati — 109 455 soʻm;
• Jizzax viloyati — 110 160 soʻm;
• Qashqadaryo viloyati — 112 980 soʻm;
• Navoiy viloyati — 111 508 soʻm;
• Namangan viloyati — 109 704 soʻm;
• Samarqand viloyati — 114 383 soʻm;
• Surxondaryo viloyati — 112 292 soʻm;
• Sirdaryo viloyati — 105 337 soʻm;
• Toshkent viloyati — 113 602 soʻm;
• Fargʻona viloyati — 116 256 soʻm;
• Xorazm viloyati — 108 103 soʻm.
Keltirilgan qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan boʻlib, ular hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palov narxini ifodalamaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring