Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida Akademiya kursantlari oʻrtasida «Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda soha muammolarini yechishda
Unda oliy harbiy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, FVV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya boshligʻi, general-polkovnik Qobul Berdiyev ochib, bugungi ilmiy-amaliy anjumanni kursantlarni intellektual salohiyatlarini, innovatsion gʻoya hamda isteʼdodlarini erkin namoyish qila olishlarini taʼminlovchi noanʼanaviy tarzda viktorina shaklida oʻtkazilayotganini taʼkidlab, ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.

Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida innovatsion va texnologik gʻoyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar koʻrilayotgani, mamlakatimizda hayotiy faoliyat xavfsizligini taʼminlash masalasi kompleks xarakterga ega boʻlib, uni yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, jamiyatimizning har bir aʼzosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqozo etayotganini alohida taʼkidladi.
Akademiyaning 2-, 3-, 4-bosqich kursantlaridan tarkib topgan 3 ta jamoalar soha muammolarini yechimiga qaratilgan 3 ta shartlar asosida bellashishdi. Hakamlar hayʼati tomonidan jamoalarni har bir shart boʻyicha chiqishlari 5 ballik tizimda baholab borildi va bellashuv soʻngida hakamlar hayʼati raisi gʻolib va faol qatnashgan kursantlarni eʼlon qildi.
Doʻstona ruhda qiziqarli oʻtgan viktorina natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni “Intellekt” jamoasi egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrin “Texnologlar” jamoasiga nasib etdi. Uchinchi oʻrinni esa “Innovatsiya” jamoasi egalladi.
Tadbir yakunida Akademiya rahbariyati tomonidan viktorina gʻoliblariga, eng faol ishtirokchilarga hamda taklif etilgan mehmonlarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.

— Yangi Oʻzbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda, — deydi mayor
FVV Akademiyasi katta oʻqituvchisi, mayor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring