“Farovon oila sari” oyligi o‘tkaziladi
Illyustrativ foto
Bugungi kunda mamlakatimizda 10 milliondan ziyod oilalar mavjud. Ularni mustahkamlash va asrab-avaylash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida yurtimizda 5-maydan 5-iyunga qadar “Farovon oila sari” oyligi o‘tkaziladi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, oylik doirasida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Mening oilam — mening faxrim” mavzuida fleshmob va “Yangi O‘zbekistonning baxtli oilasiman” chellenjlari ham tashkil etilishi, shu bilan birga, turli dolzarb mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, milliy qadriyatlarni ulug‘lashga oid uchrashuvlar uyushtirilishi ko‘zda tutilgan. Nizoli oilalarni murosaga keltirish maqsadida mas’ul tashkilotlarning mahallalarda “Sayyor qabullari” ham o‘tkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring