Fargʻonalik 250 nafar yigit-qiz Germaniyaga joʻnab ketdi
Fargʻona shahridagi “Wegweiser” nemis tili markazida uch yildan buyon ikki ming nafardan ziyod yoshlar nemis tilini oʻrganish kursini tamomladi.
Shu kunlarda ushbu kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan 250 nafar yigit-qiz oʻqish va ishlash uchun Germaniyaga yoʻl oldi.
Markaz tomonidan Germaniyaning “GFM Gruppe”, “Tank &Rast” va “Kaltech” kabi mashhur brendlar bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Shu tariqa ushbu mamlakatga borayotgan fargʻonalik yoshlarga yashash, oʻqish hamda mehnat sharoitlari yaratib berilmoqda.
— Ayni paytda bu yerda oʻqiyotgan 500 nafardan ortiq navqiron avlod vakillari nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmoqda, — deydi oʻquv markazi rahbari Furqatjon Komilov. — Bularning bir guruhi Germaniyada hamshiralik va haydovchilik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilgan boʻlsa, 140 nafari ushbu mamlakatda dual taʼlim asosida ham oʻqish, ham ishlashni rejalashtirgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring