Fargʻonadagi noturar obyektda 568,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaning Fargʻona shahridagi noturar obyektiga oʻrnatilgan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir oʻtkazib, jami 568,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring