Fargʻonada koʻchatlarni saqlash omborida yirik yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida joylashgan daraxt koʻchatlari saqlash ombori yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 23-fevral soat 13:24 da “112” tizimidan Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Oltiariq tumani “Povirgʻon” MFY joylashgan daraxt koʻchatlari saqlash ombori (muzlatgich) yonayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Viloyat FVBning 7 ta qutqaruv boʻlinmasi texnikasi voqea joyiga soat 13:30 da yetib borib, 13:42 da yongʻinni oʻrab olib, 14:20 da batamom oʻchirgan.
Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring