Fargʻonadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi
Foto: Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati
Fargʻona viloyatida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berd.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 26-iyul kuni soat 14:30 larda Qoʻshtepa tumanida yuz bergan. Oʻsha kuni 1950-yilda tugʻilgan haydovchi N.E. “VAZ-2106” avtomobilida 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 228 kilometrida qayrilib olish joyida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 1987-yilda tugʻilgan haydovchi T.R. boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobiliga yoʻl bermay, qayrilishi tufayli YTH sodir boʻlgan.
Oqibatda “VAZ-2103” avtomobil haydovchisi N.E. tan jarohati bilan Qoʻshtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Koʻrsatilgan yordamga qaramasdan haydovchi shifoxonada vafot etgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida sodir boʻlgan YTHda boʻlajak kelin-kuyov vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring