Fargʻonadagi “dom”da 1 mlrd 718 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Fargʻona shahridagi koʻp qavatli uyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi va huquq-tartibot organlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, shaharning «Bobur« MFY A. Qodiriy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 718 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring